Özbekistonlik migrantlar 3 oyda qariyb 5 mlrd dollar pul yubordi

Özbekistonlik migrantlar 3 oyda qariyb 5 mlrd dollar pul yubordi

Joriy yilning II çoragida özbekistonlik migrantlar mamlakatga 4,8 mlrd dollar pul yuborgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan “Mehnat bozori şarhi”da keltirilgan.

Qayd etilişiça, 2025 yilning ikkinçi çoragida mehnat muhojirlari tomonidan Özbekistonga jami 4,8 mlrd dollar miqdorida pul ötkazmalari amalga oşirilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga ösgan (2024 yilning mos davrida 38,6 foiz ösgan).

“Joriy dinamikaning şakllanişi asosan mehnat muhojirlarini qabul qiluvçi mamlakatlarda valyuta kurslarining nisbatan barqarorligi, iş haqining oşişi va iqtisodiy faollikning yuqori surʼatlari bilan boğliq”, deyiladi şarhda.

Şu bilan birga, II çorakda turli mintaqalardan jönatilgan pul ötkazmalari ösiş surʼatining sezilarli özgarişi kuzatilgan. Xususan, Boltiq davlatlari, Yevropa va boşqa mintaqalardan ötkazmalar hajmi ösiş surʼati qolgan mintaqalarga nisbatan yuqoriroq saqlanib qolgan. Bunda, ayniqsa Boltiq davlatlaridan pul ötkazmalarining sezilarli oşişi kuzatilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 65,6 foizga ösgan. Şuningdek, mazkur davrda AQŞ, Rossiya va Yevropadan jönatilgan pul ötkazmalari ösişining pasayişi (mos ravişda 10,3, 23,7 va 26,9 foizgaça) kuzatilgan bölsa, Osiyodan ötkazmalarning barqarorlaşuvi saqlanib qolgan.

Taşqi bozorda, xususan, Rossiya, Yevropa va Boltiq davlatlarida kuzatilayotgan sönggi özgarişlar hamda mehnat muhojirlariga bölgan talabning ösişi pul ötkazmalaridagi joriy dinamikaning şakllanişida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu, öz navbatida, mehnat muhojirlari oqimi yönalişlari bosqiçma-bosqiç kengayayotganligidan dalolat beradi.

×