Özbekistonda 1 oyda 96 mlrd sömlik energiya resurslari öğirlandi

Özbekistonda 1 oyda 96 mlrd sömlik energiya resurslari öğirlandi

Joriy yilning iyul oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş oqibatida tizimga 96 milliard sömlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özenergoinspektsiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar iştirokida sönggi bir oyda ötkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişning 279 ta holati aniqlangan.

Unga köra, 27,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (54,9 mlrd söm) va 12,6 mln metr kub tabiiy gaz (41,1 mlrd söm) talon-toroj qilinişi oqibatida jami 96 milliard 86 million söm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Şuningdek, isteʼmolçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik böyiça 485 ta maʼmuriy iş rasmiylaştirilgan.

Qoidabuzar isteʼmolçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.


×