10 oyda qariyb 2 ming odam yöllarda vafot etgan. YTHlarning asosiy sabablari nima?

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Özbekistonda 7681 ta yöl-transport hodisasi yuz berib, unda 1964 kişi halok böldi, 6886 kişi jarohatlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar berdi.

Hududlar kesimida oladigan bölsa, eng YTH Farğona viloyatida (1173 ta) qayd etilgan. Keyingi örinlarda Toşkent viloyati (1023), Toşkent şahri (842), Namangan viloyati (830), Samarqand viloyati (825), Andijon viloyati (668), Qaşqadaryo viloyati (418), Qoraqalpoğiston (379), Buxoro viloyati (321), Surxondaryo viloyati (285), Xorazm viloyati (267), Navoiy viloyati (256), Jizzax viloyati (246), Sirdaryo viloyati (148) joy olgan.

YTHlar kelib çiqiş sabablariga köra quyidagiça tasniflangan:

•    Piyodalar ötiş joyidan ötayotgan piyodani urib yuboriş – 584 ta (7,6 foiz);
•    Veloyölaklar taşkil etilmagan joylarda ularni urib yuboriş – 537 ta (7 foiz);
•    Yöl harakatini taşkil etiş va yöllardagi nosozliklar sababli – 1782 ta (23,2 foiz);
•    Piyodalar ötiş joyi bölmaganligi sababli yoölni belgilanmagan joydan kesib ötiş – 1705 ta (22,2 foiz);
•    Bolalarni qarovsiz qoldiriş – 223 ta (2,9 foiz);
•    Yöl belgilari yöqligi yoki svetofor nosozligi – 537 ta (7,0 foiz);
•    Svetofor yoki yöl belgisiga rioya qilmaslik – 115 ta (1,5 foiz);
•    Haydovçilarning tajribasizligi – 538 (7,0 foiz);
•    Harakat yönalişini ajratuvçi tösiqlar örnatilmagani yöllarda qarama-qarşi yönalişga çiqiş – 683 ta (8,9 foiz);
•    Harakat davomida telefondan foydalaniş – 54 ta (0,7 foiz);
•    Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik – 1221 ta (15,9 foiz);
•    Avtomobilni mast holda boşqariş – 132 ta (1,7 foiz).

Hodisalarni sodir etgan haydovçilarning yoşi böyiça tahlil:

•    18-22 yoş – 870 ta;
•    23-27 yoş – 1613 ta;
•    28-32 yoş – 1562 ta;
•    33-37 yoş – 1195 ta;
•    38-42 yoş – 809 ta;
•    43-47 yoş – 526 ta;
•    47 va undan katta – 1106 ta.

Jami YTHning 5187 tasi kunning yoruğ vaqtida, 2497 tasi tungi vaqtda yuz bergan. Şuningdek, YTHlarning 7479 tasini erkaklar va 202 tasini ayollar sodir etgan.

×