Joriy yilning iyun oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişlar oqibatida tizimga 135,6 milliard sömlik zarar yetkazildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, sönggi bir oyda ötkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 234 ta holat aniqlangan.
Unga köra, 50,6 mln kVt soat elektr energiyasi (103 mlrd söm) va 12,4 mln metr kub tabiiy gaz (32,6 mlrd söm) talon-toroj qilinişi oqibatida jami 135 mlrd 669 mln söm zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Şuningdek, isteʼmolçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik böyiça 471 ta maʼmuriy iş rasmiylaştirilgan.
Inspektsiyaning qöşimça qilişiça, qoidabuzar isteʼmolçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.









