Fayzullayev Yevropa maydonida debyut qildi

Fayzullayev Yevropa maydonida debyut qildi

Keça, 21 avgust kuni bölib ötgan Turkiyaning “Başakşehir” va Ruminiyaning “Krayova” örtasidagi öyinida istanbulliklar öz uyida 1:2 hisobida mağlub böldi. Uşbu öyin Yevropa Konferentsiya ligasi uçun sönggi ötiş bahslaridan hisoblanadi.

Garçi jamoa mağlub bölgan bölsada, Istanbul klubi safida töp tepayotgan ikki özbek legioneri maydondagi ikki jamoa öyinçilaridan bir boş ustun ekani yaqqol sezildi. Baʼzi futbol tanqidçilar butun boşli jamoani "bot" deb kinoya qilgani ham bekorga emas. Öyinni Eldor Şomurodov asosiy tarkibda boşlagan bölsa, Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada maydonga tuşdi. Fayzullayev tuşişi bilan “Başakşehir” hisobni qisqartirdi. Abbos golda qatnaşmagan bölsa ham özining tezkor öyini bilan raqib jamoaga ança bosim ötkazdi.

Sofascore uşbu bahsda töliq 90 daqiqa harakat qilgan Eldor Şomurodovning harakatlariga 6,3 baho qöydi. Fayzullayev debyut bahsi uçun 6,7 (uzatmalar aniqligi 100%) bahoga loyiq körilgan.

Endi jamoalar örtasida javob öyini 28 avgust kuni Ruminiyada bölib ötadi. Abbos va Eldor asosiy tarkibda maydonga tuşiş uçun sabablarni yetarliça körsatib qöydi. Uşbu qara-qarşilikda ğolibi bölgan jamoa Yevropa Konferentsiya ligasi guruh bosqiçi yöllanmasini qölga kiritadi.


Teglar:
×