Dala maydonida "Malibu 2"ni yoqib yuborgan şaxs uşlandi. Unga jinoiy iş oçildi

Dala maydonida "Malibu 2"ni yoqib yuborgan şaxs uşlandi. Unga jinoiy iş oçildi

Keça, 18 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum şaxs tomonidan yoqib yuborilgan "Malibu 2" avtomaşinaning videosi tarqatilib, keng muhokama qilindi.

Toşkent viloyati va poytaxt IIBB xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida "Malibu 2" ni yoqib yuborganlikda gumonlangan va unga aloqador bölgan şaxc aniqlanib, uşlandi.

Tafsilotlarga köra, 2020 yilning 1 iyun “LESSOR CAR” MÇJ rahbari Bahodir N. tanişi 38 yoşli Uluğbek M. ga davlat raqam belgisi 01 757 MDA bölgan "Malibu 2" avtomaşinasini sotib berişini sörab, undan 5 million söm boşlanğiç badal mablaği oladi. Şundan söng, 2 iyun kuni vaqtinça Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi gulistonlik 1994 yilda tuğilgan Z.B. (ayol) tanişi Uluğbek M. dan şaxsiy işi yuzasidan mazkur avtomaşina maʼlum muddatga kerakligini sörab, olib ketib qaytarib olib kelib bermaydi.

Şunday söng keça, 2020 yilning 18 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toşkent tumani "Fayzobod" MFY hududida joylaşgan fermer xöjaligi dala maydoni yaqinida, özganing mulkini qasddan nobud qiliş maqsadida “LESSOR CAR” MÇJ balansidagi 2019 yilda işlab çiqarilgan qora rangli "Malibu 2" rusumli avtomobilni yoqib yuborib, nobud qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan fuqaro Z.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «v» bandi, 227-modda 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toşkent viloyati IIBB Axborot xizmati

×