Özbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning TSSKA klubi futbolçisi Abbosbek Fayzullayev öyinda golga sabab bölgan xatosi uçun uzr söradi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida yozdi.
Keça, 19 may kuni Rossiya premer-ligasining 29-turi doirasida TSSKA va “Lokomotiv” Moskva derbisida durang öynadi. “Temiryölçilar” stadionida ötgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
“Lokomotiv” safida dubl muallifi Dmitriy Vorobev böldi – u 10 va 25-daqiqalarda raqib darvozasini işğol etdi. Aynan ikkinçi gol 21-daqiqada öyinga zaxiradan qöşilgan Abbosbek Fayzullayevning xatosi bilan kiritildi. U jamoadoşiga notöğri uzatmani amalga oşirişi tufayli töpni Vorobev egallab oldi va darvozani işğol qildi.
“Ikkinçi gol paytida yöl qöygan xatoim uçun barça muxlislardan uzr sörayman. Töliq javobgarlikni öz zimmamga olaman va keyingi öyinlarda jamoaga yordam berişga harakat qilaman”, deb yozdi Fayzullayev Instagram sahifasida.
Biroq öyinda TSSKA kambek amalga oşirib hisobni 2:2 körinişiga keltirdi va yakunda jamoalar 1 oçkodan bölişib oldi.
Maʼlumot uçun, TSSKA hozirda 56 oçko bilan turnir jadvalida “Dinamo”ni qöşimça körsatkiçlar böyiça ortda qoldirib, uçinçi öringa qaytdi. “Lokomotiv” hisobida esa 50 oçko mavjud va jamoa turnir jadvalida oltinçi örinda bormoqda.
Yakuniy 30-turda TSSKA öz maydonida “Pari NN”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa safarda “Akron” jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Har ikki uçraşuv 24 may kuni bölib ötadi.









