Vazir Ozodbek Nazarbekov yana reklamaga tuşdi

Vazir Ozodbek Nazarbekov yana reklamaga tuşdi

Özbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy universitetni reklama qildi. 

“Universitetda qabullar davom etmoqda, fursatdan foydalanib barça yoşlarimizga uşbu universitetda tahsil olişlarini tavsiya qilaman”, degan vazir reklama roligida.

Reklama videosi xususiy universitetning rasmiy sahifasiga 4 iyul kuni joylangan.

Qayd etiş joizki, bu vazir Nazarbekovning birinçi marta reklamaga tuşişi emas. Ötgan yili Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov iştirokida kiyimlar dökoni reklamasi tarqalgandi. Holat Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan örganilganidan söng dökon jarimaga tortilgan, vazir esa aybsiz deb topilgan. Qömita raisi maslahatçisi Otabek Usmonov öşanda vazir nega aybsiz ekaniga tuşuntiriş berib, Nazarbekov reklamani heç qayerda tarqatmagani uçun reklamaning aylanişida rasman iştirok etmaganini, u reklama beruvçi ham, reklama tayyorlovçi ham, reklama tarqatuvçi ham emasligini bildirgandi.

×