9 yaşar bloger otasining 118 ming dollar pulini reklamaga işlatib yubordi

9 yaşar bloger otasining 118 ming dollar pulini reklamaga işlatib yubordi

AQŞda 9 yaşar bola ota-onasidan yaşirinça otasining korporativ bank kartasidan foydalanib, Minecraft va Roblox haqidagi videolarini reklama qilişga 118 ming dollar sarflagani maʼlum böldi. Bu haqda “pravilamag” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Mayk ismli maktab öquvçisi kompyuter öyinlarini öynayotgani aks etgan videolarni YouTube’ga joylab kelgan. Uning Mighty Mike Plays kanalida 35 mingdan ortiq obunaçi bor.

Joriy yilning 15 sentyabr kuni kanalga navbatdagi öyin jarayoni aks etgan video joylangan. Biroq bu safar videoni Maykning özi emas, otasi Deyv ovozlaştirgan. U öğli undan yaşirinça qimmat reklama kampaniyalarini ötkazganini aytgan.

Otasi dastlab öğlining kanalini qöllab-quvvatlaş maqsadida unga 20 dollarlik reklama kampaniyasini taşkil qilib bergan. Mayk reklama vositalaridan qanday foydalanişni örganib olgaç, ularni mustaqil ravişda işlata boşlagan. Bola reklama xarajatlari uçun otasining Google akkauntiga ulangan korporativ bank kartasidan foydalangan.

Hodisa otasi işxonada korporativ karta böyiça masʼullar bilan suhbatga çaqirilganida foş bölgan. Deyv öşa yerda kartasidan 100 ming dollardan ortiq mablağ yeçilganini bilgan. Tranzaktsiyalarni körib, pullar öğlining YouTube kanalidagi reklamalarga sarflanganini tuşungan.

Deyvning aytişiça, 9 yaşar bola bunday katta xarajatlarning ahamiyatini töliq anglamagan. U, şuningdek, moliyaviy maʼlumotlarga çeklovsiz kiriş imkonini bergani uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.

Hozirda oila kartadagi saqlangan tölov maʼlumotlarini öçiriş, xarajatlarga limit örnatiş va ota-ona nazoratini yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Oiladagi muhokamalar yakuniga qadar bolaning YouTube kanali faoliyati ham töxtatiladi.


Teglar:
×