«Özbekistonda bizneslarim juda ham köp». Ozodbek Nazarbekov şaxsiy bizneslari haqida gapirib berdi

«Özbekistonda bizneslarim juda ham köp». Ozodbek Nazarbekov şaxsiy bizneslari haqida gapirib berdi

Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinçi örinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-naşri uçun eksklyuziv intervyu bergani haqida yozmoqda.

Muxlislar orasida «Ozodbek Nazarbekovning yoqilği quyiş şoxobçalari, mehmonxona-yu, restoranlar tarmoği kabi bizneslari bor», mazmunidagi gaplar tarqalgan.

Ozodbek Nazarbekov uşbu gap-sözlarga suhbat davomida oydinlik kiritdi.

Özbekistonda bizneslarim juda ham köp, ayrimlarini özim ham bilmayman. Bu haqda odamlarning özlari aytişadi. ‘Mana bu sizning boğingiz ekan’, yana bir joylarni körsatib bir nimangiz ekan deyişadi. ‘Nahotki şular ham meniki bölsa’, deya baʼzan özim ham hayron qolaman. Jizzaxning yölida ‘Ozodbek’ degan oşxona bor ekan. U ham ‘meniki’ bölib çiqdi. Qiziqqanimdan öşa yerdan oş yeb ketdim.

Özim tepasida turib yurgizadigan bironta biznesim yöq. Şerikçilik asosida döstlarim va yaqinlarim bilan bizneslar yölga qöyilgan. Ular halol, pok iş yuritişadi va mening uluşimni öz vaqtida yetkazişadi. Heç qanday mehmonxonam ham yöq.

Odamlarning nima biznes bilan şuğullanişimni bilişini istaganimda hammasini aytardim. Bu biznes deydigan darajada juda bir katta biznes ham emas, fabrika yoki zavod emas, oçiğini aytganda, rözğorimga yetadigan mayda biznezlar, xolos. Xudoga şukr, uy-joyim, maşinam bor. Ehtiyojlarim esa öşa mayda bizneslarimdan qoplanadi. Bundan ortiği kerak ham emas.

Ozodbek Nazarbekov, Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinçi örinbosari  

×