Ozodbek Nazarbekov Özbekistonning sirli duşmanlari haqida gapirdi

Ozodbek Nazarbekov Özbekistonning sirli duşmanlari haqida gapirdi

Özbekistonning biri ikki bölişini xohlamaydigan davlatlar bor. Bu haqda Özbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov gapirdi. Ammo amaldor aynan qaysi mamlakatlarni nazarda tutayotganini oçiqlamagan. Qolaversa, vazirlikning rasmiy sahifasida eʼlon qilingan video izohida bu gap qaçon va qayerda aytilgani maʼlum qilinmagan.


“Bizni hayotimiz farovon bölib, butun muammolarimiz yeçilib, ertaga yaxşi hayotga qadam qöyişimiz hammaga ham yoqavermaydi. Hamma davlatlarga ham yoqavermaydi bunaqa narsalar. Bugun Özbekistonda mislsiz islohotlar bölyaptiki, internetda negativ juda köp. Iş bölayotgani uçun u duşmanlar tomonidan ön karra köproq harakat qilinyapti. Göyoki, Özbekistonda heç narsa bölmayapti degan narsani tarqatiş bilan ovora bölayotgan, bizga qarama-qarşi faoliyat yuritayotgan, umuman Özbekistonni biri ikki bölişini köra olmaydigan, undan jazavaga tuşadigan davlatlar bor, odamlar emas, davlatlar bor”, deydi Nazarbekov.

Madaniyat vazirligining rasmiy instagram sahifasiga joylangan videoda vazir duşman davlatlar haqida gapirgan bölsa, uning ostidagi izohga matbuot kotibi Sirojiddin Ösarov ayrim sahifalar va şaxslar tanqid qilişni odatga aylantirganini alohida urğulab yozgan.

“Ayrim sahifalar va şaxslar voqealarning ijobiy jihatlarini inkor etgan holda, turli salbiy fikrlarni tarqatişga urinmoqda”, deb yozadi Ösarov.

Sönggi vaqtlarda Madaniyat vazirligi tizimdagi haqiqatda mavjud bölgan kamçiliklar tanqid qilinganida ham ularni sof jurnalistik emas, keskin, “duşman tomonlarning fitnasi” sifatida qabul qilmoqda va şu mazmunda rasmiy bayonotlar bermoqda.

Xususan, özbekistonlik yoş kinoijodkorlarning aslida XVII Xalqaro “ENTRE DEUX CANNES” inklyuziv (imkoniyati çeklangan insonlar, autizmli, nogironligi bor odamlar haqidagi filmlar uçun taşkil etilgan) kinofestivalida ğalaba qozonganini vazirlik matbuot xizmati adaştirib, “özbekistonlik ijodkorlar nufuzli Kann xalqaro kinofestivalida gran-prini qölga kiritdi” deya yolğon xabar tarqatgani ham bahsli vaziyatni yuzaga keltirgan edi. Bu haqda maʼlumot bergan jurnalistlar esa, vazirlikka yaqin bölgan bloger, tizimdagi yoş xodim va ayrim aktyorlar tomonidan sunʼiy tanqidlarga uçradi. Ular vatan tuyğusi yöqligida, paşşadan fil yasaşda va faqat yomon tarafni körişda ayblandi. Sezgir kuzatuvçilarning köpçiligi esa, izohlar bölimida “vazirlik trollari” köpaygani haqida yozdi.



×