Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov viloyat maqom ansamblining öz binosi bölişi kerakligini aytdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov viloyat maqom ansamblining öz binosi bölişi kerakligini aytdi

Madaniyat vaziri bu haqda özining telegramdagi sahifasida fikr qoldirdi.

  • Taşrifimizning keyingi bosqiçi Namangan şahridagi 24-sonli viloyat bolalar musiqa va sanʼat maktabi böldi. Taʼlim muassasasidagi mavjud şaroitlar bilan yaqindan tanişdik. Öquv qöllanmalarining yetarlilik, çolğu asboblari bilan taʼminlanganlik darajasini örgandik. Yönalişlar böyiça saboq ulaşayotgan ustoz-murabbiylar bilan muloqotda bölib, muammo va kamçiliklar bilan qiziqdik. Aniqlanişiça, viloyat maqom ansambli mazkur maktabda joylaşgan. Sababi ansambl alohida öz binosiga ega emas. Hozirgi kunda maqom sanʼatini rivojlantirişga jiddiy eʼtibor qaratilayotganini inobatga olib, tegişli masʼullar bilan birgalikda ayni muammoning yeçimlarini izlasak, maqsadga muvofiq bölardi.

Qolaversa, biz bu yerda tahsil olayotgan öquvçilar bilan ham samimiy suhbat qurdik. Aslida, yoşlar bilan muloqotda böliş bizni mamnun etadi. Ularda çanqoqlik bor, öziga işonçi bor. Butun mamlakat öğil-qizlariga katta imkoniyatlar va qulayliklar Davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilmoqda. Qaysi viloyat yoki tumanga taşrif buyurmasinlar, albatta, öşa hudud yoşlari bilan yuzma-yuz uçraşadilar.

Aziz yoşlar! Prezident sizlarga yuksak işonç bildirmoqda. Siz öz bilimingiz, egallagan kasbingiz, yutuqlaringiz, Ona vatanga sadoqatingiz orqali ularning işonçini oqlaşingiz lozim. Mazkur taʼlim muassasasida iqtidorlilar juda köp, faqatgina tarğiboti sust. Maktab rahbariyati haqiqiy isteʼdodlarni yuzaga çiqariş uçun bor imkoniyatni işga solişi darkor. Bölajak maqom ustalari, Özbekiston xalq artistlari, umuman, sanʼat darğalarining bolaligi hozir şu maktabda keçayotgan bölsa, ne ajab!

Ozodbek NAZARBEKOV,
Madaniyat vaziri.

×