Isroil politsiyasi BMT taşkilotining binosiga bostirib kirdi

Isroil politsiyasi BMT taşkilotining binosiga bostirib kirdi

2025 yilning 8 dekabr kuni tong saharda Isroil politsiyasi Şarqiy Quddusda joylaşgan BMTning falastinlik qoçqinlar böyiça agentligi binosiga kuç bilan bostirib kirdi. Bu haqda agentlik özining rasmiy saytida xabar berdi.

Qayd etilişiça, politsiya mototsikllari, şuningdek, yuk maşinalari va forkliftlar olib kirilgan va barça aloqa vositalari uzib qöyilgan. Mebel, IT-uskunalari va boşqa mulklar musodara qilingan. BMT bayroği tuşirib taşlangan va uning örniga Isroil bayroği kötarilgan.

Bu sönggi harakat Isroilning Birlaşgan millatlar taşkilotiga aʼzo davlat sifatidagi majburiyatlariga, yaʼni BMT binolarining daxlsizligini himoya qiliş va hurmat qiliş majburiyatiga oçiqdan-oçiq bepisandlikdir.

Bir neça oydan beri davom etayotgan taʼqiblar – 2024 yildagi yondiriş (arson) hujumlari, nafratga asoslangan namoyişlar va qörqitişlar, keng kölamli dezinformatsiya kampaniyasi, şuningdek Isroil parlamenti tomonidan xalqaro majburiyatlarga zid ravişda qabul qilingan anti-UNRWA qonunçiligi tufayli UNRWA xodimlari yil boşida majmuani tark etişga majbur bölgan edi.

“Biroq içki ravişda qanday çoralar körilişidan qatʼi nazar, majmua özining BMT binosi maqomini saqlab qoladi va har qanday aralaşuvdan himoyalanggan
Isroil BMTning imtiyozlari va daxlsizligi töğrisidagi Konventsiyaga aʼzo hisoblanadi. Mazkur Konvensiya BMT binolarini daxlsiz deb belgilaydi — boşqaça qilib aytganda, ularni tintuv qiliş yoki musodara qiliş mumkin emas va BMT mulki hamda aktivlariga nisbatan yuridik jarayonlardan himoya qiladi”, deyiladi xabarda.

Naşrga köra, Xalqaro sud ham Isroil UNRWA va boşqa BMT agentliklari bilan hamkorlik qilişga majbur ekanini taʼkidlagan.

“Heç qanday istisno bölişi mumkin emas. Bunga yöl qöyiş xalqaro huquqqa yangi tahdid tuğdiradi va dunyoning istalgan nuqtasida BMTning mavjudligiga xavf soluvçi xavfli pretsedent yaratadi”, deyiladi xabarda.

UNRWA qanday taşkilot?

BMTning falastinlik qoçqinlar böyiça agentligi (United Nations Relief and Works Agency for Palestine Refugees) 1948 yilda taşkil qilingan. U dastlab, Isroil taşkil etilişi atrofidagi uruş paytida – hozirgi Isroil hududidan qoçgan yoki haydab çiqarilgan taxminan 700 ming falastinlikka yordam bergan.

Bugungi kunda agentlik – Ğazo, bosib olingan Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddusda yaşovçi qariyb 2,5 million falastinlik qoçqinga yordam körsatadi. Bundan taşqari, Suriya, Iordaniya va Livandagi yana 3 million qoçqinga ham xizmat qiladi.


Teglar:
×