Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida 48 dona plastik idişda, jami 72 litr aroqni noqonuniy tarzda mamlakatga olib kirilgani aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan içki Işlar vazirligi va temir yöl idoralari vakillari bilan hamkorlikda Törtköl tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda mamlakat hududida tranzit tarzida harakatlanayotgan “Xöjand-Volgograd” yönalişidagi poyezd yölovçilaridan biri yonidagi 48 dona plastik idişda, jami 72 litr aroqni vagondan taşqariga uloqtirib yuborgani foş qilingan.

Rejaga köra, aroq Volgogradga yetib boriş uçun möljallanmagan, aksinça, mömay daromad evaziga Özbekiston hududida tuşirib qoldirilişi va şeriklar aroqlarni uloqtirilgan joydan olib ketişi közlangan.
Şuningdek, tezkor kuzatuvga olingan uşbu yölovçi poyezdi “Rauşan” va “Kunxöja” temir yöl bekatlari oraliğida kimsasiz çöl böylab harakatlanayotganda poyezd kuzatuvçilari tomonidan kutilmaganda favqulodda töxtaş tugmasi orqali tösatdan töxtatilgan. Aslida heç qanday favqulodda holat sodir bölmagan. Atrofda heç kim yöqligiga işonç hosil qilgan vagon kuzatuvçilaridan biri 150 dona plastmassa idişdagi 225 litr hajmdagi aroqlarni respublika hududiga tuşirib qoldiriş uçun poyezdni ataylab töxtatgan. Uşbu şaxs aroqlarni vagondan tuşirayotganda tezkor xodimlar tomonidan qölga olingan.
“Qoraqalpoğiston” temir yöl çegara bojxona postida aniqlangan holatda esa, yölovçilardan biri yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovida maʼlum qilinmagan har biri 1 litrlik 40 şişa viskini örindiq ostiga, şuningdek, körpa va yostiq jildlari içiga yaşirgani aniqlangan.
Maʼlumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan 2022 yilda va 2023 yilning ötgan davri mobaynida aniqlangan jami 70 ta bojxona qonunbuzilişi holatlarida qiymati 1mlrd 164 million sömlik spirt va alkogolli içimliklarning noqonuniy olib ötilişi va yaşirin aylanmasiga çek qöyilgan.









