AQŞ Prezidenti Donald Tramp AQŞga kirişni Suriya va yana bir qator davlatlar fuqarolari uçun taqiqladi. Bu haqda Oq uy saytida eʼlon qilingan.
Hujjatga köra, yangi çeklovlar 2026 yil 1 yanvardan kuçga kiradi va jami 20 ta mamlakat hamda hududni qamrab oladi, şu bilan avvalgi röyxat ikki barobarga kengaydi.
Töliq taqiq Burkina-Faso, Laos, Mali, Niger, Suriya, Serra-Leone va Janubiy Sudan fuqarolariga, şuningdek, Falastin milliy maʼmuriyati bergan yöl hujjatlari egalari uçun joriy etilgan. Qisman çeklovlar esa Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Gabon, Gambiya, Dominikan Respublikasi, Zambiya, Zimbabve, Kot-dʼIvuar, Malavi, Mavritaniya, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va Tonga fuqarolariga nisbatan qöllanadi. Vaşington bu qarorni xavfsizlik tekşiruvlari va axborot almaşinuvida jiddiy kamçiliklari bor davlatlar bilan izohladi. Şu bilan birga, AQŞ Turkmaniston fuqarolari uçun noimmigratsion vizalarga qöyilgan çeklovlarni bekor qildi, biroq immigratsion vizalar böyiça taqiq saqlanib qoldi. Bunga Aşxobodning AQŞ bilan hamkorlikda identifikatsiya va maʼlumot almaşiş jarayonlarini yaxşilagani sabab qilib körsatildi.
Tramp avvalgi prezidentlik davrida ham şunga öxşaş taqiq joriy etgan, keyinroq u Jo Bayden tomonidan bekor qilingan edi. Tramp bu çoralar terrorçilik tahdidlarining oldini olişda samarali bölganini taʼkidlab keladi.
“Tramp baʼzi mamlakat fuqarolariga AQŞga kirişni butunlay taqiqladi, jumladan, Falastin muxtoriyati tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan yöl hujjatlari bilan kelayotgan şaxslarga ham. U AQŞ immigratsiya va viza beriş jarayonida maksimal ehtiyotkorlikni taʼminlaş zarurligini taʼkidlagan, çunki mamlakatga kirişdan oldin har qanday şaxsning amerikaliklarga yoki milliy manfaatlarga zarar yetkaziş niyatini aniqlaş muhim. AQŞ hukumati kirayotgan şaxslar mamlakat fuqarolariga tahdid solmasligi, uning madaniyati, hukumat tizimi yoki asosiy printsiplari barbod qilinmasligini, şuningdek, tan olingan xorijiy terror taşkilotlarini qöllab-quvvatlamasligini kafolatlaşi kerakligi qayd etilgan”, deyiladi Oq uy tomonidan eʼlon qilingan hujjatda.
Qayd etiş joiz, uşbu çeklovlar mamlakatda keng ildiz ota boşlagan terrorçilik hujumlaridan söng kuçaytirildi. Jumladan, joriy yilning 26 noyabr kuni AQŞning Vaşington şahrida, Oq uydan unça uzoq bölmagan hududda ikki nafar Milliy gvardiya xizmatçisi otib ketilgandi. Keyinroq esa otişmani uyutirgan şaxs afğonistonlik ekani maʼlum bölgan. Uşbu hodisa ortidan mamlakat Prezidenti Donald Tramp “taşvişga sabab böluvçi davlatdan kelgan har bir çet ellikning yaşaş kartasini töliq va puxta qayta tekşiriş” topşiriğini berdi.
Qolaversa, 13 dekabr kuni Amerika Qöşma Ştatlarining Rod-Aylend ştati Providens şahrida joylaşgan Braun universitetida sodir bölgan otişmada ikki talaba halok bölgan, yetti kişi esa jarohat olgandi. Vafot etganlar orasida Özbekiston fuqarosi, 2007 yilda tuğilgan Muhammadaziz Umurzoqov ham bor. Tramp uşbu otişmada halok bölganlar xotirasiga duo qilişini aytgan.









