Istambul prokuraturasi keça, 27 noyabr kuni maʼlum qilişiça, Gamburgdan kelgan va Istambulda sayohat davomida vafot etgan oilaning ölimiga mehmonxonada zararkunanda haşarotlarga qarşi qöllangan insektitsiddan zaharlaniş sabab bölgan.
Ilgari taxmin qilinganidek, oziq-ovqatdan zaharlaniş versiyasi tasdiqlanmadi. Şuningdek, oilaning jarohat oqibatida vafot etgani belgilari ham aniqlanmadi.
Tergov doirasida qölga olingan olti kişi hali ham hibsxonada saqlanmoqda. Ular orasida mehmonxona egasi va zararkunandaga qarşi kuraş kompaniyasi rahbari bor. Qolgan tört gumonlanuvçi ozod qilingan. Vaholanki, avvalroq oila ovqat xarid qilgan köça sotuvçilari ham vaqtinça uşlangan edi.
Istambul prokuraturasi qaysi modda qöllanganini oçiqlamadi. Biroq OAV, sud-tibbiy ekspertiza hisobotlariga tayanib, mehmonxonada fosfin gazi aniqlanganini maʼlum qildi. “Anadolu” davlat axborot agentligining yozişiça, fosfin mehmonxona xonalaridan olingan namuna va soçiqlarda ham topilgan.
Alyuminiy fosfidi zararkunandalarga qarşi kuraşda köp qöllanadi. U suv yoki baland namlik bilan reaktsiyaga kirişganda, öta zaharli fosfin gazini ajratadi. Bu gaz sut emizuvçi jonivorlar organizmi hujayralarini şikastlaydi va yuqori kontsentratsiyada qonda kislorod taşilişini buzadi. Fosfinni nafas orqali qabul qiliş yötal, qusiş, jigar va buyrak faoliyatining izdan çiqişiga olib kelişi mumkin va ölimga ham sabab böladi.
Gamburgdan kelgan otasi, onasi va ikki kiçik bolasi bölgan oila noyabr oyi örtalarida Istambulda dam oliş çoğida köngil aynişi va qusiş alomatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan edi. Oradan köp ötmay, barçasi vafot etdi. Turkiyalik ildizlarga ega bu oilaning fojiali ölimi Turkiyada keng muhokamalarga sabab böldi.
Turkiyada germaniyalik oila fojiasi
Joriy yilning 9 noyabr kuni Germaniyaning Gamburg şahridan Istanbulga sayohat uçun kelgan oila – Sarvat Böjek (ota, 36 yoş), Çiğdam Böjek (ona, 27 yoş), Muhammad Böjek (öğil, 6 yoş) va Masal Böjek (qiz, 3 yoş) Fotih tumanidagi “Harbour Suites Old City” mehmonxonasiga joylaşgan. 10 va 11 noyabr kunlari ular Örtaköy sayyohlik markazida midiya, pita noni, tantuni, kokoreç va turk lokumlari kabi mahalliy köça taomlarini isteʼmol qilgan. 12 noyabr kuni ular erta tongda köngil aynişi va qusişni boşdan keçirgan. Oila aʼzolari şifoxonaga murojaat qilgan va ularga dastlabki tibbiy yordam körsatilgan. Şundan söng, ular yana mehmonxonaga qaytib kelgan.
13 noyabr kuni soat 3:00 atrofida oila yana tez yordam maşinasida şifoxonaga olib ketilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramay, bolalar vafot etgan. 14 noyabr kuni ularning onasi ham hayotdan köz yumgan. Sarvat Böjek esa 17 noyabr kuni olamdan köz yumgan.
Oila joylaşgan mehmonxonada 11 noyabr kuni zararkunandalar va haşarotlarga qarşi dori purkaş işlari olib borilgan. Voqea joyini tekşiriş guruhidan oğzaki olingan maʼlumotlarga köra, oila joylaşgan 201-xona kimyoviy vositalar purkalgan 101-xonaning tepasida joylaşgan va havo almaşiş tizimi bölmagan. Xuddi şu mehmonxonada tunagan yana ikki çet el fuqarosi 15 noyabr kuni şunga öxşaş şikoyatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Şuningdek, mehmonxona dezinfektsiyasi paytida işlatilgan kimyoviy moddalar va idişlar, ona Çiğdam Böjekning, ota Sarvat Böjekning şifoxonada olingan birinçi qon namunasi va oşqozon tarkibi, ikki çet el fuqarosining şifoxonada olingan birinçi qon namunalari va oila joylaşgan 201-xonadagi çoyşablar Istanbul Boş prokuraturasi tomonidan tekşiriş uçun Sud-tibbiyot institutiga yuborilgan.
Hisobotda bolalarning tanasida ölimga olib kelişi mumkin bölgan jarohat alomatlari aniqlanmagani qayd etilgan. Ekspertizada oşqozon devorida doğli qon ketiş va qizarişdan taşqari heç qanday muhim topilmalar kuzatilmagan.
Holat ortidan Istanbul Boş prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatildi. Tergov doirasida tört kişi, jumladan, midiya dökoni, turk lokumlari dökoni va oila ovqatlangan restoranning egasi hibsga olindi, restoran muhrlandi. Istanbul şahar politsiyasi esa yaqin atrofdagi pişirilgan kartoşka (kumpir) dökonlarida tekşiruvlar ötkazdi. Mehmonxona xonasi, restoran va köça taomlari sotuvçilaridan tahlillar olingan va xavfsizlik kamerasi tasvirlari közdan keçirilgan.









