2026-yilgi futbol böyiça jahon çempionati tarixdagi eng yirik turnir böladi. Unda 48 ta jamoa iştirok etadi va jami 104 ta öyin ötkazilişi rejalaştirilgan. Futbol muxlisini qiziqtiradigan savollardan biri — bu barça öyinlarni boşidan oxirigaça köriş uçun qança vaqt ketadi?
Hisob-kitob şuni körsatadiki, bir öyin örtaça 105 daqiqa davom etadi (90 daqiqa + tanaffus + töxtaşlar). 104 ta öyin jami 10 920 daqiqa yoki 182 soat demakdir. Bu esa taxminan 7,6 sutka uzluksiz vaqtni taşkil etadi.
Agar televizion efir doirasida hisoblasak, bir öyinga kamida 2 soat ajratiladi. Demak, barça öyinlarni tomoşa qiliş uçun 208 soat yoki 8,7 sutka kerak böladi.
Kunlik hisobda esa turnir davom etadigan 40 kun içida muxlis kuniga örtaça 4–5 soatini futbolga sarflaşi kerak böladi.
Agar bu vaqt yilga yoyilsa, kuniga 30 daqiqa, tört yillik tsiklga yoyilganda esa atigi 7–8 daqiqaga teng.
Şunday qilib, 2026-yilgi jahon çempionatini töliq körmoqçi bölgan muxlis kamida bir haftadan ortiq umrini futbolga bağişlaşi kerak böladi.









