Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) FIFA Jahon çempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş rejasi va söngi qarorlari sababli turnirni boykoti qilişi mumkin. Bu haqda Sky xabar berdi.
UEFA’ga aʼzo milliy futbol federatsiyalarining vakillari şu hafta FIFA’ning Jahon çempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş rejasiga munosabat bildiriş uçun favqulodda yiğiliş ötkazadi.
Manbaga köra, mazkur rejalar UEFA’da FIFA prezidenti Janni Infantino boşqaruviga nisbatan yangi norozilik tölqinini keltirib çiqargan.
Xabar qilinişiça, agar Infantino uşbu rejasidan voz keçmasa, UEFA’ga aʼzo mamlakatlar Jahon çempionatini boykot qiliş masalasini ham körib çiqişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janni Infantino kelajakda Jahon çempionati iştirokçilari sonini 64 tagaça oşiriş imkoniyati ham körib çiqilayotganini maʼlum qilgan edi. Şuningdek, ayollar örtasidagi navbatdagi Jahon çempionati 2027 yilda Braziliyada ötkazilişi rejalaştirilgan.









