Kun muammosi: Koronavirus haqida şifokor nima deydi? Yuqtirmaslik uçun nima qiliş kerak?

Kun muammosi: Koronavirus haqida şifokor nima deydi? Yuqtirmaslik uçun nima qiliş kerak?

Xitoyda paydo bölgan va tez suratlarda qöşni davlatlarga ham tarqalayotgan koronavirus hammani vahimaga solib qöydi. Sönggi statistik ma’lumotlarga köra, hozirda butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 6000 nafardan oşdi. Özbekistonda bu virus aniqlanmagan bölsa-da, u haqdagi turli ma’lumotlar, xabarlar allaqaçon tarqalib ulgurdi.

Ogohlantiriş qurollaniş bilan barobar deganlaridek, kasallik haqida barça zaruriy ma’lumotlarga ega bölsak, unga qarşi işonçli himoyaga ega bölamiz. Virus qanday yuqadi va uni yuqtirib olmaslik uçun nima qiliş kerak? Xabardor.uz şu kabi savollar bilan şifokor-infeksionist Muhayyo Ahmedovaga murojaat qildi.

Koronavirus nima?

Koronavirus viruslar guruhiga kiruvçi, havo-tomçi yo‘li orqali yuqadigan, virusli infeksiyadir. U özida bir spiralli RNK makromolekulali genomga ega virus turi hisoblanadi. Virusning taşqi tomoni oqsil membrana bilan qoplangan bölib, yuzasida korona, ya’ni tojga öxşaş börtişlar mavjud bölgani sabab virus koronavirus deb nomlangan.

FOTO Xabardor.uz

Qanday yuqadi?

Virus köpinça hayvon (quyon, ilon, körşapalak)lar va quşlar orqali yuqadi. Ularning göştini yaxşi pişmagan holatda iste’mol qiliş oqibatida virus odamga yuqadi. Hayvon tanasidan odam tanasiga tuşgan virus hujayralarga kirib öz şakli va tuzilişini özgartiradi (mutasiya) va atipik pnevmoniya (zotiljam)ni paydo qiladi.

Xitoyda kuzatilayotgan pandemiya mana şular sabab paydo bölgan bölişi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. Şuningdek, virus kasal odam bilan muloqot qiliş vaqtida, alimentar (maişiy) yo‘l orqali ham yuqadi.

FOTO Xabardor.uz

• Kasallikning davosi bormi?

Virus öz vaqtida aniqlansa, uning belgilarinigina barataf etiş mumkin. Bu odamning umumiy ahvolini yengillaştiradi va mavjud asoratlarning oldini oladi. Lekin bu virusga qarşi davo hali topilmaganligi, virusning dori-darmonlarga çidamliligi yuqori bölgani sababli kasallikni töliq yo‘qotişning imkoni yo‘q.

• Koronavirus sabab ölimlar soni ortib borayotganligini qanday izohlaysiz?

Koronavirus odam organizmiga tuşgandan keyin tezda rivojlanib, yuqori va pastki nafas yo‘llarini zararlaydi: bronxit va atipik zotiljamni qözğatadi. Qarabsizki, inson kuçli nafas qisişi sabab halok böladi.

• Virusni yuqtirmaslik uçun…

Virusni yuqtirib olmaslik uçun birinçi navbatda gigiyena qoidalariga rioya qiliş kerak. Köçadan kelganda, albatta, qölni yaxşilab sovunlab yuviş zarur.

Xonani tez-tez şamollatib turiş, töğri ovqatlanib yuriş, himoya niqobini taqiş zarur. Tanani çiniqtiriş, immunitetni mustahkamlaş, öz vaqtida dam oliş kerak.

Nargiza Utepova, Axror Hayrullayev tayyorladi
Tasvirçi: Akmal Qudratov

×