Özga sayyorani 1,5 soat tomoşa qiliş imkoniyatini qöldan çiqarmang

Özga sayyorani 1,5 soat tomoşa qiliş imkoniyatini qöldan çiqarmang

12 — 14 noyabr kunlari Yer aholisi tonggi osmonda bir yarim soat davomida Merkuriyni tomoşa qilişi mumkin: bu 2020 yilgi maksimal muddatdir, deya xabar berdi Moskva planetariyasi.

«Merkuriy 4 — 24 noyabr kunlari tongda köriniş beradi. Tomoşa uçun eng yaxşi vaqt esa — 12 — 14 noyabr kunlari. Çunki öşa kunlari örta kengliklarda Merkuriyning köriniş davomiyligi qariyb 1,5 soatni taşkil etadi — bu sayyorani tonggi osmonda topiş uçun ajoyib imkoniyatdir», — deyiladi Moskva planetariyasining «Instagram»dagi xabarida.

Astronomlarning sözlariga köra, Merkuriyni tomoşa qiliş uçun durbin yoki boşqa birorta optik asbob kerak böladi.

«Tongotar çoğidagi soatlarda yorqin Zuhra (Venera) yulduzi va yarim Oy Merkuriyni izlaş uçun yaxşi möljal vazifasini ötab beradi», — deya taʼkidlaşdi planetariyada.

Sayyorani kuzatiş uçun eng qulay fursat — Toşkent vaqti bilan 8:30 dan 9:30 gaça bölgan soatlardir.

×