Özbekistonda joriy yil 1 noyabrdan boşlab tadbirkorlar uçun barça mobil tölov ilovalari orqali hisob-kitob qiliş imkonini beradigan universal QR-kod beriladi. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, mamlakatda 40 dan ziyod elektron tölov taşkilotlari mavjud bölib, aholi öziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda. Endi 1 noyabrdan boşlab tadbirkorlar uçun barça mobil tölov ilovalari orqali hisob-kitob qiliş imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.
Yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan barça tadbirkorlar kelasi yil 1 yanvardan bir xil, yaʼni aylanmadan 1 foiz soliq tölaşga ötkaziladi. Masalan, hozir aylanmasi 100 million sömgaça bölgan yakka tadbirkor yillik 12 million sömgaça qatʼiy soliq örniga köpi bilan 1 million söm tölaydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard sömgaça bölgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million söm soliq tölagan bölsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.
“Umuman, yaratilayotgan şaroitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion söm, tasavvur qilyapsizlarmi, 1 trillion söm qolyapti. Bu – kiçik biznes uçun qöşimça resurs, yakka tadbirkorlar öz biznesini keyingi bosqiçga olib çiqişi uçun yana bir imkoniyat”, dedi Prezident.
Davlat rahbari tadbirkorlikning boşqa yönalişlari böyiça ham mutlaqo yangi taşabbuslarni ilgari surdi. Ularning barçasi bugundanoq kuçga kiradi. Jumladan, qisqa muddatda va tez daromad beradigan iş örinlari yaratişda eng samarador yönalişlardan biri bölgan xizmatlar sohasi jadal rivojlantiriladi.
Yil boşidan Özbekistonga 7 millionga yaqin xorijiy sayyoh taşrif buyurdi, 15 million aholi mamlakat böylab içki sayohatga çiqdi. Kelasi 3-4 yilda xorijiy turistlarning yillik oqimi kamida 15 millionga yetadi. Şu bois turizmni rivojlantiriş böyiça yangi dastur boşlanadi.









