Ikki karra Olimpiya çempioni Uluğbek Raşidov diskvalifikatsiya qilindi

Ikki karra Olimpiya çempioni Uluğbek Raşidov diskvalifikatsiya qilindi

Taekvondo böyiça ikki karra Olimpiya çempioni, özbekistonlik Uluğbek Raşidov antidoping qoidalarini buzgani uçun musobaqalardan ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi.

ITA maʼlumotiga köra, Raşidov oxirgi bir yil içida uç marta özining joylaşuvi haqida maʼlumot beriş qoidalarini buzgan. Bu esa antidoping qonunçiligi buzilişi hisoblanadi, çunki sportçining test topşirişdan boş tortganiga teng baholanadi.

Uning diskvalifikatsiya muddati joriy yil 13 maydan 2027 yil 12 maygaça hisoblanadi. Sportçining 2025 yil 3 fevraldan buyon erişgan barça şaxsiy natijalari bekor qilindi. Uluğbek Raşidovning özi ham bu çetlatişga rozi bölgan.

Maʼlumot uçun, Uluğbek Raşidov – -68 kg vazn toifasida 2020 va 2024 yillarda Olimpiya çempioni, 2022-yilgi Osiyo öyinlari va Osiyo çempioni, Jahon çempionati sovrindori hisoblanadi. U Özbekiston taekvondo tarixidagi yagona Olimpiya oltin medali sohibi böliş bilan birga, butun taekvondo tarixida erkaklar örtasida ikki karra Olimpiya çempioni bölgan yagona sportçi hisoblanadi.


×