Özbekiston xorijdan gaz sotib oliş hajmini beş karra oşirdi

Özbekiston xorijdan gaz sotib oliş hajmini beş karra oşirdi

Yanvar–iyul oylarida mamlakatga 983,7 million dollarlik tabiiy gaz import qilindi. Ötgan yilning mos davridagi körsatkiç esa 201 million dollarga teng bölgan.

Statistika agentligi maʼlumotiga köra, Özbekistonga iyul oyida 174,2 million dollarlik gaz import qilindi. Bu 2023 yil iyuliga nisbatan 174 baravar köp. Yaʼni ötgan yilning iyul oyida xorijdan 1 million dollarlik gaz sotib olingan.

Joriy yil yanvar–iyul oylarida mamlakat jami 983,7 million dollarlik tabiiy gaz import qilgan. 2023 yil mos davrida bu körsatkiç 201 million dollarni taşkil etgan. Yaʼni gaz importiga 7 oylik xarajat ötgan yilning şu davridagiga nisbatan qariyb 5 baravar köproq.



Statistik raqamlarga qaraganda, joriy yilda Özbekiston gaz importiga quyidagi miqdorlarda mablağ sarflangan:

  • Yanvarda — 35,6 million dollar;
  • Fevralda — 131,1 million dollar;
  • Mart — 193,6 million dollar;
  • Aprel — 102,6 million dollar;
  • May — 108,4 million dollar;
  • Iyun — 166,3 million dollar.

Özbekiston Rossiyadan gaz importi hajmini oşira boşlagaç, joriy yilda gazni xorijdan sotib oliş miqdori rekord darajada ortişi mumkinligi prognoz qilingandi. Ötgan 7 oylik körsatkiçlarga köra, bu prognoz töğri bölib çiqdi. Taqqoslaş uçun, butun 2023 yil davomida respublika 694,9 million dollarlik, 2022 yilda esa 281,9 million dollarlik gaz import qilgandi. 

Özbekiston 2023 yil 7 oktyabrdan Qozoğiston hududi orqali “Markaziy Osiyo—Markaz” gaz quvurida Rossiyadan gaz sotib olmoqda. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MÇJ örtasidagi ikki yillik şartnomaga köra, respublikaga kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beriş közda tutilgan. Masʼullar hozirgaça gazning import narxi haqida maʼlumot bermay kelmoqda. 

Mamlakatda gaz importi ösayotganiga qaramay, gaz eksporti töxtatilmagan. Ötgan oyda 91,7 million dollarlik gaz eksporti amalga oşirilgan. Bu 2023 yilning iyuliga nisbatan 1,3 barobarga köp. Yaʼni ötgan yilning iyul oyida 63,9 million dollarlik gaz eksport qilingan.

2024 yil yanvar–iyul oylarida respublika jami 323,1 million dollarlik gaz eksportini amalga oşirgan. 2023 yilning mos davrida esa bu körsatkiç 341,9 million dollarni taşkil etgan.

×