Tadbirkorning qarzdorligini kamaytiriş evaziga pul olgan soliqçi uşlandi

Tadbirkorning qarzdorligini kamaytiriş evaziga pul olgan soliqçi uşlandi

Jizzax viloyatida tadbirkorning soliq qarzini kamaytirib beriş evaziga pul olgan Jizzax şahar soliq inspektsiyasi boş inspektori qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.


Maʼlum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Jizzax şahar soliq inspektsiyasi davlat soliq boş inspektori X. Ş. YATT “T. M.”ning 1,4 mln sömlik soliq qarzdorligini göyoki 17 mln söm qarzdorlik deb körsatib, agar uşbu qarzdorlikni tölamasa tegişli idoralarga maʼlum qilişini aytib, 9 mln söm bersa uşbu qarzdorlikni yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlar orqali yöq qilib berişini vaʼda qilgani aniqlangan. 

Boş inspektor aytilgan puldan 2 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, qolgan 7 mln sömni Jizzax şahar soliq inspektsiyasi binosi oldida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.


Teglar:
×