Jo Bayden sayohat çeklovlarini bekor qildi

Jo Bayden sayohat çeklovlarini bekor qildi

Prezident 31 dekabrdan Afrika davlati fuqarolariga AQŞga kirişga ruxsat beradi.

AQŞ prezidenti Jo Bayden 31 dekabrdan boşlab Afrikaning sakkizta davlati, şu jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi fuqarolari uçun noyabr oyida joriy etilgan koronavirusning “Omicron” ştammi sababli mamlakatga kiriş taqiqi bekor qilinişini eʼlon qildi.  

Maʼlumot uçun: çeklovlar Janubiy Afrika, Botsvana, Zimbabve, Namibiya, Lesoto, Esvatini, Mozambik va Malaviga taalluqli edi.

"Kasalliklarni oldini oliş va nazorat qiliş markazlarining tavsiyalariga asoslanib, men buyruğini bekor qiliş Qöşma Ştatlar manfaatlariga mos keladi, degan xulosaga keldim. Sayohatga çeklovlar endi xalq salomatligini himoya qiliş uçun kerak emas", — degan Bayden Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda.

Hujjatda qayd etilişiça, çeklovlarni bekor qiliş 2021 yil 31 dekabrdan kuçga kiradi.

Taʼkidlanişiça, olimlar koronavirusga qarşi emlangan şaxslar oğir kasalliklardan himoyalangan, degan xulosaga kelgan. Bayonotga köra, “Omicron” varianti, allaqaçon, 100 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan va AQŞda keng tarqalgan. Şuningdek, u Qöşma Ştatlarga kirişdan oldin COVID-19 uçun majburiy test ötkaziş muddatini safardan uç kundan bir kungaça qisqartirdi.

×