AQŞ Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati uning ikkinçi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi. Bu haqda Davlat departamenti maʼlumotiga tayanib “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, sönggi haftalarda vizalarni bekor qiliş surʼati sezilarli darajada tezlaşgan. 2025 yil yanvar oyida Trampning ikkinçi prezidentlik muddati boşlanganidan buyon bekor qilingan vizalar soni 300 mingdan oşgan. Davlat departamentining 10 avgust kuni eʼlon qilgan maʼlumotida esa bu körsatkiç 175 mingdan ortiq ekani aytilgandi.
AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Tommi Pigott X ijtimoiy tarmoğida maʼmuriyat vizalarni AQŞ tarixidagi boşqa maʼmuriyatlarga qaraganda tezroq bekor qilayotganini bildirgan.
Uning taʼkidlaşiça, AQŞ hukumati mamlakatga viza bilan kelgan xorijliklarning qonun buzişi, firibgarlik qilişi yoki milliy xavfsizlikka tahdid solişiga nisbatan murosasiz siyosat yuritmoqda.
“Reuters“ga köra, Tramp maʼmuriyati immigratsiyaga qarşi çoralar va deportatsiyalarni mamlakat içki xavfsizligini taʼminlaş zarurati bilan izohlamoqda. Biroq inson huquqlari himoyaçilari bu siyosat qonuniy himoyalaniş huquqi va söz erkinligini buzayotganini taʼkidlamoqda. Ularning fikriça, körilayotgan çoralar, ayniqsa, etnik ozçiliklar orasida xavotir uyğotmoqda. Ayrim jamoalar vakillari irqiy kamsitiş holatlaridan ham şikoyat qilgan.
Huquq himoyaçilari vizalarni bekor qiliş bilan boğliq ayrim holatlarni ham tanqid qilgan. Jumladan, Isroilning Ğazoga hujumlariga qarşi namoyişlarda qatnaşgan xorijliklarning vizalari bekor qilinişi noroziliklarga sabab bölgan. Şuningdek, konservativ siyosiy şarhlovçi Çarli Kirkning öldirilişi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirgan ayrim xorijliklar ham vizalaridan ayrilgan.
Bundan taşqari, Tramp maʼmuriyati muhojirlar va viza oliş uçun ariza topşirgan şaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini tekşirişni kuçaytirgan. Huquq himoyaçilari hukumat milliy xavfsizlikni vaj qilib, öz tanqidçilarini nişonga olayotganini aytmoqda. Şuningdek, ayrim firibgarlik holatlari sabab AQŞdagi muhojirlar jamoalariga, jumladan, Minnesota ştatida yaşovçi somalilik amerikaliklarga nisbatan ham keng kölamli çoralar körilayotgani tanqid qilinmoqda.









