Hokimni sudga bergan tadbirkor ölik holda topildi

Hokimni sudga bergan tadbirkor ölik holda topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida mahalliy fermerlardan biri sirli ölim topgani aytilmoqda. Şuningdek, fermer tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara şartnomasini bekor qiliş haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgani ham qöşimça qilingan. Biroq sud böladigan kun hali yetib kelmay fermerning jasadi tumanning “Polvonota” MFY hududidan ötgan ariqdan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga rasmiy maʼlumot berdi.

Unga köra, joriy yilning 6 noyabr kuni soat 10:30 larda Xatirçi tumani, “Polvonota” mahalla fuqarolar yiğini, “Kapa” qişloğida yaşovçi fuqaro M.M.ning jasadi uşbu MFY. hududidan oqib ötuvçi “Qaxramon” ariğidan tan jarohatlarisiz topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, natijasiga köra, 5 dekabr kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş töğrisida qaror qabul qilingan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 27 noyabrdagi hulosasiga köra, M.M.ning ölimi yurak nafas yöllarining suv bilan berkilişidan kelib çiqqan mexanik asfektsiyadan kelib çiqqanligi qayd qilingan. Şu bilan birga, marhumning qarindoşlarida turli xil şubhalar paydo bölib, ularni turli instantsiyalarga murojaat qilişlariga sabab bölgan.

Şu bois, tuman prokuraturasi tergovçisi E.Asatov tomonidan uşbu holat yuzasidan qabul qilingan qaror, marhumning qarindoşlari tomonidan keltirilgan vajlarni tölaqonli tekşirilişini taʼminlaş maqsadida tuman prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirda qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

×