General-mayor tergov izolyatorida ölik holda topildi

General-mayor tergov izolyatorida ölik holda topildi

Olmaotada korruptsiyada gumonlanib hibsga olingan general-mayor Jaylaubek Xaliquli tergov izolyatorida ölik holda topilgan.

Olmaota va Oqmöla viloyatlari politsiya boşqarmasining hibsga olingan sobiq boşliğining jasadi ertalab qorovul tomonidan topildi, deb yozadi Kapital.kz.

“Qamoqqa olingan Xoliquli J.ning jasadini qorovul ertalab soat 7 larda topdi. Muassasa navbatçisi zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatdi. Körilgan çoralarga qaramay, sudlanuvçini qutqarib qolişning imkoni bölmadi. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam brigadasi mexanik asfiktsiya natijasida halok bölganini maʼlum qildi”, — deya xabar berdi Qozoğiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, prokuratura vakillari va viloyat IIB rahbariyati yetib kelgan. Boşqa mahbuslar bilan suhbat ötkazişgan. Tekşiruv natijasida unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlanmagan. “Hududiy boşqarma xodimlari tomonidan içki audit tayinlangan bölib, uning natijalariga köra amaldagi qonunçilikka muvofiq çora-tadbirlar köriladi”, — deya qöşimça qilgan matbuot xizmati.

×