Rossiyaning Leningrad viloyatidagi quriliş maydonçasida özbekistonlik işçining jasadi topildi. Bu haqda “47 kanal” xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 2 fevral kuni Vsevolojsk tumani politsiyasiga Tyulpan köçasidagi quriliş obʼektida 23 yoşli Özbekiston fuqarosining jasadi topilgani haqida xabar berilgan. Yigit yangi qurilayotgan binoning 16-qavatida yotgan holda aniqlangan.
Maʼlumotlarga köra, marhum mazkur obʼekt qurilişida oddiy işçi sifatida işlagan, biroq Leningrad viloyatida rasmiy röyxatdan ötmagan.
Hozirda ölim sabablarini aniqlaş uçun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, tergovçilar hodisa yuzasidan tekşiruv olib bormoqda.









