Endi mansabdor şaxs aybi bilan yetkazilgan zarar uning özidan undiriladi

Endi mansabdor şaxs aybi bilan yetkazilgan zarar uning özidan undiriladi

Endilikda davlat organining yoki uning mansabdor şaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning örnini uning özi qoplaydi. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan qonun loyihasida söz boradi.

Qayd etilişiça, uşbu qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qilingan. Unga köra, yetkazilgan zararning örnini kompensatsiya qiliş, hududiy kompensatsiya jamğarmasi hisobidan qoplab berilgan mablağlarni keyinçalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor şaxsidan töliq miqdorda regress tartibida undirib oliş, hududiy kompensatsiya jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş tartibi belgilanmoqda.

Yaʼni, loyihaga köra, jismoniy yoki yuridik şaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuçga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning örnini qoplaşda yagona amaliyot yölga qöyilib, yetkazilgan zarar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi hududiy kompensatsiya jamğarmalaridan qoplanadi. Keyinçalik aybdor şaxsdan tegişli davlat organi orqali regress tartibida undirib olinadi.

Qonun loyihasi ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar tomonidan kötarilgan masalalar, taklif va tavsiyalardan kelib çiqib, yanada takomillaştirilgan. Ayrim normalardagi nomuvofiqliklar bartaraf etilib, asosiy tuşunçalar yuridik texnik jihatdan tahririy qayta körib çiqilgan.

Majlisda qayd etilişiça, uşbu hujjat fuqarolarning davlat organlarining yoxud ular mansabdor şaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning örni davlat tomonidan qoplanişi töğrisidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaş hamda aybdor mansabdor şaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortişni nazarda tutadi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uçinçi öqişda qabul qilingan va Senatga yuborilgan.


Teglar:
×