Majburiy mehnat: 5 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Majburiy mehnat: 5 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Joriy yilgi paxta-yiğim terimi davrida majburiy mehnatga yöl qöyganligi uçun 5 nafar mansabdor şaxs Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-moddasiga asosan javobgarlikka tortildi va 1 ta holat yuzasidan tegişli hujjatlar sudlarga kiritildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021 yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi davomida majburiy mehnatga yöl qöygan mansabdor şaxslarga qonuniy çora körilgani haqida maʼlumot berdi.

Vazirlik xabariga köra, Davlat mehnat inspektsiyasining işçi guruhlari tomonidan respublika barça tumanlaridagi 13 mingga yaqin taşkilot, fermer xöjaliklari hamda paxta dalalari örganilgan.

Şu bilan birga, inspektsiyaga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilişiga oid jami 128 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan, call markaz orqali 54 ta, veb sayt orqali 15 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 24 ta hamda 35 ta yozma murojaatlar kelib tuşgan.

Ötkazilgan monitoringlar va murojaatlarni örganiş natijasida inspektsiya tomonidan mehnat qonunçiligini buzganligi uçun 65 nafar mansabdor şaxsga jami 198 mln. 450 ming söm miqdorda maʼmuriy jarima tayinlangan.

Bundan taşqari, 21 ta holatda mehnat şartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat şaroitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining öz vaqtida tölamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Şuningdek, aniqlangan qonun buzilişlarni bartaraf etiş yuzasidan 48 ta holat yuzasidan yozma körsatmalar kiritildi.

“Davlat mehnat inspektsiyasi respublikamizda majburiy mehnatga qarşi keskin kuraş ketayotganligini taʼkidlab, majburiy mehnat holatlariga guvoh bölgan fuqarolarimizdan Davlat mehnat inspektsiyasining 1176 qisqa raqamlariga, 71-200-06-00 Işonç telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilişlarini söraydi.

Aziz fuqarolar özingizning buzilgan mehnat huquqlaringizni tiklang hamda majburiy mehnatning qurboni bölib qolişdan ogoh böling! Eslatib ötamiz, şaxsingizning oşkor etilmasligi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.

×