Baliqçi tumani tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimida 5 yoşli qiz vafot etgani aytilmoqda. Holat böyiça birlaşma şifokorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Baliqçi tumani tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimida 5 yoşli qizning ölimiga sababçi bölganlar qonun oldida javob berişi kerak» sarlavhali xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Keltirilişiça, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan 2022 yil 30 dekab kuni tibbiyot birlaşmasi şifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Maʼlumot uçun, yuqorida keltirilgan jinoyatni sodir etiş beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.









