Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi xodimlarining Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirida, viloyat tumanlaridan birining Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori öz mansab vakolatini suisteʼmol qilgan holda, işlab çiqariş kooperativ rahbaridan 10 mln. söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Aniqlanişiça, uşbu mansabdor şaxs mazkur kooperativga aʼzo bölgan 67 nafar kam taʼminlangan oila vakillari uçun 122,5 mln. söm miqdorida davlat byudjetidan subsidiya ajratib berib, evaziga 10 mln. söm talab qilgan.
Toşkent şahar Yakkasaroy tumanidagi advokatlik firmalaridan birida advokat bölib işlovçi ayol jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudining hukmiga asosan «Davr bank» XATBning Olmazor tuman filiali hisobiga ötkazilgan hovli-joyni sud organlarida yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali qaytarib olib beriş evaziga 40 ming AQŞ dollari talab qiladi.
U söralgan pulning 20 ming dollarini oldindan olgan vaqtida DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi, şahar prokuraturasi va Departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Toşkent şahrida kuzatilgan yana bir holatda esa 1994 yilda Namangan viloyatida tuğilgan fuqaro özganing işonçiga kirib, uni Qirğiziston Respublikasidagi tibbiyot yönalişiga ixtisoslaşgan oliygohning birinçi bosqiçini tamomlaganligi töğrisidagi qalbaki hujjatlarni tayyorlab, söngra mamlakatimizdagi tibbiyot oliy öquv yurtlaridan birining ikkinçi bosqiçiga kiritib berişni vaʼda qiladi hamda evaziga 5,5 ming AQŞ dollari söraydi.
U mazkur pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Çimboy tumanida yaşovçi, 1982 y.t. fuqaro quriliş firmasi iş yurituvçisining işonçiga kirib, unga mansabdor tanişlari orqali quriliş obʼekti olib berişini aytadi va evaziga quriliş obʼekti uçun byudjetdan ajratiladigan 8 mlrd. söm miqdoridagi pul mablağining 8 foizini berişini söraydi.
DXXning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi xodimlarining Departament va içki işlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirida firibgar şaxs avans sifatida 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









