Bu mudhiş voqea Samarqand viloyati Narpay tuman tibbiyot birlaşmasi homiladorlar xastaligi bölimida akuşer-ginekolog şifokori bölgan Aziz Xolmurodovning aybi bilan sodir böldi.
“Jahon.uz”ga uşbu holatdan boxabar işonçli manbasining xabar berişiça, 1-1409-1901/95-sonli jinoyat işi 2020 yil 16 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Narpay tuman sudining oçiq sud majlisida körib çiqilgan va sudlanuvçiga jazo tayinlangan.
Şifokor Aziz Xolmurodov marhuma B.N.ni navbatçi akuşer-ginekolog sifatida qabul qilib, ayolga amaldagi milliy standart talablari böyiça tekşiriş rejasi tuzmasdan, uning anamnezidan çuqur örganmasdan yuzaki qarab, bemorning qondagi gemoglabin miqdori (Hb-60) past bölişiga qaramasdan oğir anemiyani davolaş uçun beş kun davomida biror marotaba davo muolajalari ötkazmagan.
Uni davolaş uçun qon va qon örnini bosuvçi preparatlarni öz vaqtida quymagan va bemorning umumiy holatidan kelib çiqib, baçadondan qon ketişi xavfini bilgani holda, kerakli dori darmonlar bilan davolaş, bemorda mavjud bölgan oğriqni töxtatiş çoralarini körmasdan, salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida UTT va qon tahlili tekşiruvlarini dinamik tarzda ötkazib, qoğonoq suvi va xomilalar holatini örganib bormagan.
Şifokor homilalar ona qornida vafot etganligi va baçadondan qon ketganligini öz vaqtida aniqlagan hamda homilani rejali, qon va qon örnini bosuvçi preparatlar zahirasini taʼminlab operatsiya yöli bilan olib taşlaş taktikasini qöllamay, bemorning ahvoli oğirlaşgan bölişiga qaramasdan, malakali şifokorlar bilan konsilium qilib, operativ davo muolajalarini boşlaş çoralarini körmaganligi natijasida homilador ayol N.B.ning “rivojlanmagan egiz homilani ölimi fonida keçgan gemorragik şok va DVS sindromi bilan asoratlangan baçadondan ötkir qon ketişi” natijasida şifoxonada vafot etişiga sababçi bölgan.
Jabrlanuvçi (N.B.ning turmuş örtoği) N.M. turmuşidan ikki nafar farzandi bölganligini, birinçi farzandi 20.08.2008 yilda tuğilgani, ikkinçi farzandi 2010 yilda tuğilgani, biroq Narpay tuman tibbiyot birlaşmasida tuğilganidan söng bir kun ötib vafot etganligini, uçiniçi farzandi 2013 yida tuğilgani, turmuş örtoği farzandlarini özi voyaga yetkazayotgan bölganligini, turmuş örtoği uçinçi farzandiga homilador bölganligini aytib berdi.
Ayolining oğir ahvolida qolganini körgan N.M. şifokorlar qon kerakligini aytişganida, qoni minus 3 bölgan 15 nafar tanişlarini çaqirib kelganligi, ulardan oltitasining qoni töğri kelgani, şifokorlar faqatgina 3 kişidan qon olişgani ham qöşimça qilib ötdi.
Uşbu ölim holati yuzasidan, Özbekiston Respublikasi SSV Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Murakkab ekspertizalar bölimi eksperti quyidagilarni bildirib ötgan.
N..B.ning ölimi davolovçi vraç tomonidan davolaş tadbirlari milliy standartlariga rioya qilinmagan holda olib borilgani, bemor şifoxonaga tuşgan vaqtida qondagi gemoglobin miqdori (H-60) past bölsada, oğir anemiyani davolaş uçun qon va qon örnini bosuvçi prepratlar qilinmagani, UZI tekşiruvini ötkazib, qoğonoq suvi va homilalar holati örganilmagani natijasida yuz bergani isbotlangan.
Hattoki şifokor bemorning qon guruhi davolaniş jarayonida AV (IV) Rh-manfiy ekanligi, keyinçalik davolaş jarayonida V (III) Rh manfiy aniqlagani, bu natijalarga vraç laborant yoki gemotransfuziolog yordamida aniqlik kiritib qon va qon örnini bosuvçi preparatlar öz vaqtida quymaganligi ham aniqlangan.
Sud barça holatlarni örganib, sudlanuvçi Xolmurodov Aziz Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topdi va unga, Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismiga köra, har oyda iş haqining 20% miqdorida davlat foydasiga undiriş şarti bilan 2 (ikki) yil muddatga ahloq tuzatiş işlari jazosi tayinladi.









