Rossiya bilan uruş tugaganidan söng Ukraina AQŞdan 90 mlrd dollarlik qurol-yaroğ sotib oliş niyatida. Dastlab “Financial Times” mamlakatning xarid taklifi böyiça hujjatlariga tayanib, uning 100 mlrd dollarlik ekanini yozdi. Keyinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda jurnalistlar bilan birifingda xabarni tasdiqladi, biroq qurol-yaroğ qiymati 90 mlrd dollarlik bölişini aytdi.
“Darhaqiqat, u yerda bizning 90 milliard dollarlik takliflarimiz jamlangan paket bor”, deydi Ukraina Prezidenti.
Zelenskiyga köra, xavfsizlik kafolatlari Ukrainaning hamkorlari tomonidan kengaytiriladi va qöşimça tafsilotlar yaqin 7–10 kun içida paydo böladi.
Hujjatda qayd etilişiça, AQŞ qurolining xaridini Yevropa mamlakatlari moliyalaştiradi, biroq Kiyev aniq qaysi qurollarni olişni istayotgani körsatilmagan. Bungaça Kiyev şaharlarni va muhim infratuzilmasini himoya qiliş uçun AQŞdan kamida 10 ta Patriot zenit-raketa majmuasini hamda ular uçun snaryadlarni sotib oliş niyatini bildirgan.
Bundan taşqari, Kiyev Vaşingtonga qiymati 50 milliard dollarlik dron işlab çiqariş böyiça bitim tuzişni taklif qilmoqda, unda Ukraina kompaniyalari ham iştirok etadi. Biroq bu mablağning qaysi qismi dronlarni xarid qilişga, qaysi qismi esa ularni işlab çiqarişga yönaltirilişi nomaʼlum. Şuningdek, Ukraina tinçlik kelişuvi doirasida Ğarb mamlakatlarida muzlatilgan 300 milliard dollarlik Rossiya aktivlari hisobidan uruş oqibatida yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilmoqda.
Şuningdek, hujjatda “mustahkam tinçlik Putinga imtiyozlar va tekin sovğalar emas, balki kelajakdagi tajovuzlarning oldini oladigan işonçli xavfsizlik tizimi asosida bölişi kerakligi” qayd etilgan. Şu bois Ukraina hududiy imtiyozlarni nazarda tutadigan heç qanday kelişuvga bormaydi. Jumladan, Kiyev Vladimir Putinning Donbassdan ukrain qöşinlarini çiqariş evaziga Xerson va Zaporoje viloyatlarida front çiziğini muzlatiş haqidagi taklifini rad etgan. Hujjatda bu “Rossiya qöşinlarining tezkorlik bilan Dneprga tomon yana ilgarilaşi uçun tramplin yaratadi” va Rossiyaning “öz maqsadlariga boşqa vositalar orqali erişişiga imkon beradi”, deb qayd etilgan.









