Google 5,4 milliard dollarga Mandiant kiberxavfsizlik kompaniyasini sotib olmoqçi

Google 5,4 milliard dollarga Mandiant kiberxavfsizlik kompaniyasini sotib olmoqçi

Alphabet xoldingi tarkibiga kiruvçi Google kompaniyasi Mandiant kiberxavfsizlik böyiça kompaniyasini sotib olmoqçi. Bitim summasi 5,4 milliard dollarni taşkil etdi. Bu haqda «ixbt.com» naşri xabar bermoqda.

Kelişuv Google kompaniyasining har yili 19 milliard dollardan ortiq daromad keltiradigan bulutli biznesini kuçaytirişi hamda uning xavfsizlik yeçimlari va konsalting xizmatlari bozoridagi örnini mustahkamlaşi kutilmoqda.

Bir oy oldin Microsoft kompaniyasi Mandiantni sotib olmoqçiligi haqida maʼlumot paydo bölgan edi. Ilgari dasturiy taʼminot giganti kelgusi beş yil içida kiberxavfsizlik uçun 20 milliard dollar sarflaşini başorat qilgan.

Google Mandiantning har bir aktsiyasi uçun 23 dollarlik taklifi Microsoftning bitim tuziş taklifidan oldingi aktsiya narxidan taxminan 53 foizga yuqori.

Google bilan kelişuv şu yil oxirida yakunlanişi kutilmoqda.

×