«Real» Kilian Mbappeni milliard yevroga sotib olmoqçi

«Real» Kilian Mbappeni milliard yevroga sotib olmoqçi

Kilian Mbappe yana bir bor «Real Madrid»ning nazariga tuşdi. La Gazzetta dello Sport naşriga köra, klub Mbappe uçun milliard yevro sarflaşga tayyor.

«Bunga uning transfer narxi, maoşi, komissiyalari va futbolçining imij huquqlari kiradi», – deya aniqlik kiritmoqda naşr.

Qayd etilişiça, 630 million yevro Mbappening keyingi tört mavsumdagi maoşi böladi, transfer narxi, transfer bonusi va komissiyalar esa 150 million yevro.

«Real Madrid» prezidentining fikriça, Mbappe kelajakda jamoani boşqarişi kerak. Xabar qilinişiça, Florentino Peres özining yaqinlariga parijlik futbolçi uçun katta mablağ sarflaşga tayyorligini aytgan.

«PSJ» hujumçisi esa klub bilan şartnomasi bir neça oy muqaddam imzolanganiga qaramay, «Park de Prens»ni tark etişni öylayapti.

Maʼlumot uçun, Frantsiya çempionatining yangi mavsumida Mbappe 14 öyin ötkazib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oşirdi. Qatarda bölib ötgan 2022 yilgi jahon çempionatida esa 8 marta raqiblar darvozasini işğol qilib, turnir töpurari böldi. Finalda Argentinaga qarşi öyinda u uçta gol urdi. 


×