“Çelsi” Abduqodir Husanovni sotib olmoqçi

“Çelsi” Abduqodir Husanovni sotib olmoqçi

Londonning “Çelsi” jamoasi yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan Özbekiston milliy terma jamoasi va “Mançester Siti” klubi himoyaçisi Abduqodir Husanovni kuzatayotgan klublar qatorida. Bu haqda “Caught Offside” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Husanovning “Mançester Siti” tarkibida muntazam ravişda asosiy tarkibda maydonga tuşa olişi hozirça nomaʼlum. Şu bois “Çelsi” 22 yoşli futbolçining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Şuningdek, Premer-liganing yana uçta klubi ham Husanov transferini körib çiqayotgani aytilgan. Hozirça bu qaysi jamoalar ekani maʼlum qilinmagan.

Maʼlumot uçun, Abduqodir Husanov joriy mavsumda barça musobaqalar doirasida 6 ta uçraşuvda maydonga tuşdi. Uning “Mançester Siti” bilan amaldagi şartnomasi 2031 yil yoziga qadar möljallangan.


“Transfermarkt” maʼlumotlariga köra, Abduqodir Husanovning bozor qiymati 50 million yevroni taşkil etadi.


Teglar:
×