Keça, 18 avgust kuni Toşkent şahridagi “Yangi Özbekiston” boğida 1946 nafar yoş muhandis bir vaqtning özida 1946 ta kiçik robotni yiğib, “Ginnes rekordlar kitobi”ga kirdi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

“Uşbu yutuq Özbekiston nomini yana bir bor Ginnes rekordlar kitobi sahifalariga yozdirişga sabab böldi. Bu jarayon nafaqat yoşlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyiş etdi, balki ularning izlanuvçanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratişga bölgan intilişini ham yorqin körsatdi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uçun, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar öquvçi bir vaqtda mini‑robot yasagan.









