Özbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 davlat qatoriga kirdi

Özbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 davlat qatoriga kirdi

Özbekiston aholiga eng arzon elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça dunyo reytingida 7-örinni egalladi. Tegişli maʼlumotlar Britaniyaning Cable.co.uk portalining ekspertlari tomonidan taqdim etildi.

Reyting tuzişda dunyodagi 230 ta davlatda elektr energiyasi narxlari tahlil qilingan. Maʼlum bölişiça, eng arzon energiya manbalari Şimoliy Afrika, Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va sobiq SSSR davlatlarida qayd etilgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida Qirğiziston yetakçi deb topilgan. U jahon reytingida 4-örinni egalladi, bu yerda fuqarolar bir kilovatt-soat elektr energiyasi uçun 0,017 dollar tölaydi. Tojikiston bir kilovatt-soat narxi 0,023 dollar bilan 6-örinni egalladi.

Ekspertlarga köra, Özbekistonda aholi uçun elektr energiyasi 0,027 dollarni taşkil qiladi. Bu jahon reytingida 16-örinda bölgan Qozoğistondan (0,039 dollar) arzonroq.

Dunyoda eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinç okeanining olis orol davlatlari, şuningdek, Germaniya va Somalida, bu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uçun 0,30 dan 0,69 dollargaça tölaşlari lozim.

×