Yangi qonun kuçga kirdi...

Yangi qonun kuçga kirdi...

«Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida»gi Qonun kuçga kirdi. Unga köra, nogironligi bölgan şaxslar quyidagi quyidagi imtiyozlarga ega böladilar:

  • Taşkilotlar nogironligi bölgan şaxslarning sport inşootlari, dam oliş, şuningdek turistik obʼektlardan bepul foydalanişini taʼminlaş uçun şart-şaroitlar yaratadi;
  • Davlat nogironligi bölgan şaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam körsatişning davlat kafolatlari dasturi doirasida malakali tibbiy yordam körsatilişi böyiça çoralar köradi;
  • Davlat nogironligi bölgan bolalarning bepul umumiy örta, maktabdan taşqari, örta maxsus va professional taʼlim olişini kafolatlaydi;
  • Nogironligi bölgan şaxslar uçun oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qiliş umumiy sonining 2 foizi miqdorida qöşimça qabul kvotasi ajratiladi;
  • Nogironligi bölgan şaxslar sanatoriy-kurortda bepul soğlomlaştiriş, şuningdek dori vositalari, nogironligi bölgan şaxslarni parvariş qiliş uçun möljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi bölgan bolalar uçun maxsus şifobaxş oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaniş huquqiga ega;
  • Nogironligi bölgan şaxslar imtiyozli şartlar asosida ijtimoiy uy-joy oliş huquqiga ega;
  • Mehmonxonalarda kamida bitta xona örindiqli aravaçadan foydalanadigan nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay tarzda jihozlanişi, şuningdek eşitiş va köriş böyiça nogironligi bölgan şaxslar uçun displeylar hamda ovozli qurilmalar örnatilişi taʼminlanişi şart;
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bölgan şaxslarga mahalliy byudjet mablağlari hisobidan qöşimça ijtimoiy kafolatlar belgilaş huquqiga ega.
×