Özbekiston joriy yilning oktyabr oyida AQŞning “Diversity Visa” (Grin Kard Lotereyasi) böyiça eng köp viza olgan uç davlatdan biri böldi. Bu haqda AQŞning Toşkentdagi elçixonasi xabar berdi.
“Sizga şuni mamnuniyat bilan maʼlum qilamizki, Toşkentdagi AQŞ elçixonasining Konsullik bölimi oktyabr oyi davomida “Diversity Visa” (Grin Kard Lotereyasi) dasturi orqali eng köp sonli immigratsion vizalarni taqdim etiş böyiça dunyoda uçinçi örinni egalladi”, deyiladi elçixona xabarida.
Qayd etilişiça, ötgan yilgi dastur davomida Toşkentdagi AQŞ elçixonasining Konsullik bölimi, AQŞning dunyodagi barça elçixonalari va konsullik bölimlariga nisbatan, “Diversity Visa” (Grin Kard Lotereyasi) dasturi orqali eng köp sonli immigratsion vizalarni taqdim etiş böyiça beşinçi örinni egallagan.
Maʼlumot uçun, AQŞ hukumati har yili “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Diversity Visa” dasturi doirasida 50000 ta doimiy yaşaş huquqini beruvçi vizalar ajratadi. Vizalar sönggi beş yil içidagi AQŞga immigratsiya körsatkiçlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQŞga immigratsiya körsatkiçlari past bölgan hududlarga köproq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvçilar kompyuter orqali amalga oşiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Şaxsning ismi lotereyada tanlanişi unga immigratsion vizaga murojaat etiş jarayonining keyingi bosqiçlarini ötiş imkoniyatini beradi.
AQŞ elçixonasi Özbekiston fuqarolariga AQŞ vizasiga, xususan, Turli millatga mansub immigrantlar vizasi böyiça xususiy firmalarga murojaat etayotganda, ehtiyot böliş kerakligini eslatib ötadi. Elçixona viza xizmatlarini taklif etayotgan qalbaki vositaçilar, elektron xabarlar, xatlar, veb-sahifalar, telefon qönğiroqlari, SMS va naşr etilgan reklamalarni muntazam ravişda olib turadi. Bu uçinçi şaxslarning birontasi ham elçixona bilan boğliq emas. AQŞ elçixonasi Turli millatga mansub immigrantlar dasturida iştirok etiş istagida bölgan şaxslarga şuni eslatib ötadiki, elçixona va AQŞ Davlat departamenti DV Dasturi va uning talablari böyiça yagona rasmiy axborot manbasi bölib hisoblanadi.









