Özbekiston ARMI-2021da kuçli uçlikdan joy oldi.
34 musobaqadan 30tasining yakuniga köra, Özbekiston jamoaviy bahsda ikkinçi örinni egalladi. Rossiya yetakçilik qilmoqda, uçinçi örinda esa Xitoy. Özbekiston harbiylari 4ta musobaqada birinçi böldi.
Xususan, harbiylarimiz ayollar va erkaklar örtasida ötkazilgan «Sodiq döst», «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oşxonasi» musobaqalarida oltin olişdi. Umid qilamizki, qolgan 4 ta ARMI-2021 musobaqasi ham Özbekiston harbiylari uçun samarali böladi.
Taʼkidlaş joizki, yettinçi Xalqaro armiya öyinlari 22 avgustdan 4 sentyabrgaça bir vaqtning özida 11 mamlakatning 23 ta poligonida bölib ötmoqda. Hammasi bölib, ARMI-2021da 42 mamlakatdan 5 mingdan ziyod harbiy xizmatçi iştirok etmoqda.









