HAMAS Isroilning öt oçişni töxtatiş haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda keça, 18 avgust kuni öz manbalariga tayanib, “Al-Jazeera” xabar berdi.
Telekanalga köra, HAMAS vositaçilarga Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça sönggi taklifni qabul qilganini va uruşni tugatiş yuzasidan muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini bildirgan.
Taklifga köra, harbiy amaliyotlar 60 kun muddatga vaqtinça töxtatiladi, şu vaqt içida Isroil armiyasi qayta joylaştiriladi va gumanitar yordam yetkazib berilişiga şaroit yaratiladi. 50 nafar isroillik asirning yarmi xuddi şu muddat içida falastinlik mahbuslarga almaştiriladi. HAMASdagi manba yangi taklif “kompleks yeçim sari yölning boşlanişi” ekanini bildirgan.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi maslahatçisi Dmitriy Gendelman Isroil HAMASdan öt oçişni töxtatiş taklifiga javob olganini tasdiqlagan. U boşqa tafsilotlarni oşkor etmagan. Maʼlumotlarga köra, Ğazo sektorida 2023 yil oktyabrdan beri harbiy harakatlar oqibatida 62 mingdan ortiq odam halok bölgan.









