Isroil va «Hizbulloh» öt oçişni töxtatişga kelişib oldi — Bayden

Isroil va «Hizbulloh» öt oçişni töxtatişga kelişib oldi — Bayden

Livan va Isroil hukumatlari AQŞning «halokatli mojaro»ga barham beriş taklifiga rozi böldi. Bu haqda 26 noyabr kuni prezident Jo Bayden maʼlum qildi.

«Kelişuv 27 noyabr kuni ertalab soat 4:00 da kuçga kirdi va Livan qurolli kuçlari keyingi 60 kun içida Livan janubini öz nazoratiga oladi. Bu vaqt içida Isroil özining qöşinlarini bosqiçma-bosqiç olib çiqib ketadi», — dedi Bayden telemurojaatida.

AQŞ, Frantsiya va boşqa ittifoqçilar uşbu kelişuvning töliq bajarilişini taʼminlaşga kömaklaşişga vaʼda berişgan.

Baydenning qöşimça qilişiça, Livan janubida Amerika qöşinlari bölmaydi: «Biz Frantsiya va boşqa davlatlar bilan birgalikda uşbu kelişuvning töliq va samarali bajarilişini taʼminlaş uçun zarur yordamni körsatamiz».

Isroilning 25 noyabr kuni Livanga qilgan hujumlarida kamida 55 kişi halok böldi. Livan soğliqni saqlaş vazirligi seşanba kuni maʼlum qilişiça, 2023 yil oktyabr oyidan beri halok bölganlar soni 3,823 kişiga yetgan. Oxirgi 24 soat içida yana 160 kişi jarohat oldi, yaradorlar soni esa 15 859 nafarga yetdi.

«Bu Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi sönggi ön yilliklardagi eng qonli töqnaşuvdir. Taşkilotning qançadan-qança yuqori martabali yetakçilari, jumladan uning uzoq yillik rahbari Nasrulloh halok böldi», deya qayd etgan AQŞ prezidenti.

«Hizbulloh» Falastinning HAMAS guruhi Isroilga hujum uyuştirganidan köp ötmay, Isroilga ballistik raketa va uçuvçisiz samolyotlar bilan hujumlar uyuştirdi. Livan guruhi yetakçilarining aytişiça, ularning hujumlari HAMASga birdamlik körsatiş va qamal ostidagi Ğazoga öt oçişni töxtatiş uçun Isroilga bosim ötkaziş bölgan.

Bunga javoban Isroil «Hizbulloh»ga tegişli deb aytilgan nişonlarga yirik havo hujumlarini uyuştirdi. Oktyabr oyida hujumni kengaytirib, Livanga quruqlikdan bostirib kirişni boşladi.

Baydenning taʼkidlaşiça, «yaqin kunlarda» AQŞ Turkiya, Misr, Qatar va boşqalar bilan birgalikda Ğazoda Isroil hujumini va öt oçişni töxtatiş yölida «yana bir qadam taşlaydi».


Teglar:
×