Bugun, 22 noyabrga ötar keçasi bir neça soatlik muhokamalardan söng Isroil hukumati bir neça kun davomida jangovar harakatlarni töxtatiş evaziga Ğazo sektorida HAMAS tomonidan garovga olingan baʼzi isroilliklarni ozod qilişni nazarda tutuvçi kelişuvni maʼqulladi. Bu haqda Isroil Boş vaziri idorasi xabar berdi.
"Isroil hukumati barça garovga olinganlarni uylariga qaytariş niyatida. Bugun keçqurun hukumat uşbu maqsadga erişişning birinçi bosqiçi rejasini tasdiqladi, unga köra kamida 50 nafar öğirlangan ayollar va bolalar tört kun davomida ozod qilinadi, bu vaqt davomida janglar töxtatiladi”, deyiladi Binyamin Netanyaxu idorasi bayonotida.
Taʼkidlanişiça, sulh dastlabki tört kunlik muddatdan keyin yana uzaytirilişi mumkin va ozod qilingan har 10 kişi uçun “yana bir tinç kun” qöşilişi mumkin.
“Reuters” agentligining manbasiga köra, HAMAS boşqa garovga olinganlar qatorida uç AQŞ fuqarosini, jumladan 7 oktyabr kuni Isroilga uyuştirilgan hujumda ota-onasi halok bölgan uç yoşli qizçani ham ozod qilişi kerak.
HAMAS ham sulhga erişilganini tasdiqladi.
“Köp kunlik oğir muzokaralardan söng biz Qatar va Misrning tinimsiz va mohirona saʼy-harakatlari tufayli tört kunlik gumanitar sulh böyiça kelişuvga erişganimizni eʼlon qilamiz”, deyiladi HAMAS bayonotda.
HAMASga köra, 50 nafar garovdagi şaxs – ayollar va 19 yoşgaça bölgan bolalar qöyib yuboriladi. Buning evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik – ayollar va 19 yoşgaça bölgan bolalar ozod qilinadi.
Şuningdek, Isroil hukumati bilan kelişuvlarga köra, har ikki tomon öt oçişni töxtatiş va Ğazo sektorining barça hududlariga, şimol va janubga yuzlab yuk maşinalari gumanitar, favqulodda, tibbiy yordam va yoqilği yetkazilişini taʼminlaş majburiyatini oladi.
Gumanitar pauza doirasida mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan 16:00 gaça Ğazo sektorining janubida va mintaqa şimolida qisman havo qatnovi töxtatiladi. Isroil kuçlari sulh davrida Ğazo sektorining barça hududlarida heç kimga hujum qilmaslik yoki hibsga olmaslik, Salohidddin şossesi böylab odamlarning şimoldan janubga erkin harakatlanişini taʼminlaş majburiyatini oladi.
Birinçi garovga olinganlarning ozod etilişi bir kundan keyin kutilmoqda. Qatar Taşqi işlar vazirligi amirlikning özi, şuningdek, Misr va AQŞ vositaçiligida erişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvining boşlanişi yaqin 24 soat içida eʼlon qilinişini maʼlum qildi. Qatarga köra, garovga olinganlarni ozod qiliş Xalqaro Qizil Xoç qömitasi vakillari nazorati ostida amalga oşirilişi kerak.
Isroil OAVlarining xabar berişiça, birinçi garovga olinganlar 23 noyabr kunidan ertaroq ozod etilişi kutilmoqda. Aytilişiça, keyingi 24 soat içida Isroil fuqarolari falastinlik mahbuslarning ozod etilişiga yöl qöymaslik talabi bilan mamlakat Oliy sudiga murojaat qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, oldinroq OAVda Isroil va HAMAS örtasida 3 kunlik va 5 kunlik sulhga erişiş böyiça muzokaralar davom etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keça, 20 noyabr kuni HAMAS yetakçilaridan biri, guruhning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Isroil bilan sulh bitimi tuzişga yaqin ekanini aytgandi.









