Yadro qurollari saqlanadigan Isroilning Sdot Mixa harbiy bazasi 7 oktyabr kuni raketa bilan urilgan. Bu haqda sunʼiy yöldoşdan olingan suratlarga tayanib “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, HAMAS tomonidan uçirilgan raketa Isroilning Sdot Miça harbiy bazasiga kelib tuşgan. Mutaxassislarning fikriça, bu bazada yadro kallagini olib yurişga qodir bölgan juda köp raketalar joylaşgan. Raketalar zarar körmagan, biroq hujum oqibatida yaqin atrofda yonğin boşlangan.

Bu HAMASning yadro quroli borligi taxmin qilinayotgan obʼektga hujumi haqidagi birinçi maʼlum holatdir. Şu bilan birga, naşrning taʼkidlaşiça, bu haqda HAMASning xabari bormi yoki obʼekt tasodifan nişonga aylanganmi, aniq emas.
Eslatib ötamiz, 5 noyabr kuni jurnalistning Ğazo sektoriga yadroviy bomba taşlaş kerakmi, degan savoliga javob berar ekan, Isroilning Quddus va meros masalalari böyiça vaziri Amikay Eliyaxu “bu imkoniyatlardan biri”, degandi. Keyinçalik u atom bombasi haqidagi bayonot metafora ekanini, biroq Isroilga terrorizmga qarşi kuçli va nomutanosib javob zarurligini aytdi. Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eliyaxuni hukumat yiğilişlarini töxtatdi va uning Ğazoda yadro qurolidan foydalaniş ehtimoli haqidagi bayonotlarini rad etdi.









