Möğulistondan Özbekistonga 100 ming boş mayda şoxli mollar olib kelinadi va mahalliy şaroitda naslçilik-selektsiya işlari yordamida köpaytiriş orqali ularning soni 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boşga yetkaziladi. Bu bugun, 18 iyul kuni qabul qilingan “Möğulistonga oliy darajadagi taşrif davomida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohalarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarorida belgilangan.
Qarorga köra, Özbekiston va Möğuliston örtasida 2025-2026 yillarda qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oşiriladigan çora-tadbirlarning asosiy körsatkiçlari etib quyidagilar belgilangan:
- (a) Möğulistondan Özbekistonga 100 ming boş mayda şoxli mollarni olib keliş va ularni mahalliy şaroitda naslçilik-selektsiya işlari yordamida köpaytiriş orqali ularning sonini 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boşga yetkaziş;
- (b) bosqiçma-bosqiç jun va kaşemirni qayta işlaş hamda tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyiş;
- (v) meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Möğulistonga eksport hajmini har yili oşirib borib, 10 barobarga köpaytiriş çoralarini köriş;
- (g) Özbekiston va Möğuliston örtasida qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş sohasida tajriba almaşiş va mutaxassislar malakasini oşirişni yölga qöyiş.
Şuningdek, Möğulistondan mayda şoxli mollarni import qiliş davlat tomonidan qöllab-quvvatlanadi. 2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrga qadar Möğulistondan mayda şoxli mollarni Özbekistonga import qilişda tadbirkorlik subʼektlariga havo transportida taşiş xarajatlarining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi. Bunda uşbu kiçik bandda nazarda tutilgan xarajatlar uçun talab etiladigan mablağlar Davlat byudjeti parametrlarida Qişloq xöjaligi vazirligiga çorvaçilik xöjaliklari tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qöy va eçki, ona baliq va jöjalarni sotib oliş xarajatlarining bir qismini qoplab beriş uçun ajratilgan mablağlar doirasida moliyalaştiriladi. Şu bilan birga, qöşilgan qiymat soliğini tölaş muddatini foizlar hisoblanmagan holda tölov taʼminotisiz keçiktirib tölaş imkoniyati beriladi.
Bundan taşqari, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qişloq xöjaligi vazirligining Möğulistondan mayda şoxli mollarni Özbekistonga import qilişda quyidagi takliflariga rozilik berilgan:
- (a) çorvaçilik yönalişida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablağlarini tadbirkorlik subʼektlariga yillik 10 foiz stavkada (şundan 3 foiz bank marjasi) 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan ajratiş. Bunda tijorat banklarining mazkur kiçik bandda nazarda tutilgan kreditlarni imtiyozli şartlarda ajratiş bilan boğliq xarajatlari Davlat byudjetiga tölanadigan dividendlarini mos ravişda kamaytiriş hisobiga qoplanadi;
- (b) tadbirkorlik subʼektlariga ajratiladigan kredit mablağlari uçun suğurta mexanizmidan foydalangan holda mol-mulk garov taʼminotini 50 foizgaça etib belgilaş.
Şu bilan birga, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasiga (keyingi örinlarda – Veterinariya qömitasi) Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi va viloyat hokimlarining kafilligi asosida bir oy muddatda qaytariş şarti bilan Veterinariya xizmati va çorvaçilikni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan tadbirkorlik subʼektlariga Möğulistondan mayda şoxli mollarni yetkazib berişda moliyaviy kömak körsatiş huquqi beriladi.
Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlari hokimlari bir hafta muddatda mayda şoxli mollarni parvarişlaş uçun ozuqa yeri, çorvaçilik majmuasi va mutaxassisi (veterinar) mavjud bölgan tadbirkorlar röyxatini şakllantirib, Veterinariya qömitasiga taqdim etadi.
Şuningdek, yaylov yerlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş va ularni muhofaza qiliş, qorakölçilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça respublika komissiyasi qaroriga asosan Qoraqalpoğiston, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xöjaliklari balansidagi yerlar Möğulistondan mayda şoxli mollarni Özbekistonga kamida 1 000 boş import qilgan tadbirkorlik subʼektlariga quyidagi şartlar asosida töğridan-töğri ijaraga beriladi:
- (a) naslçilik va selektsiya işlarini rivojlantiriş orqali import qilingan mayda şoxli mollarning boş sonini köpaytirib boriş;
- (b) yaylovlarda ozuqabop ösimlik turlaridan bölgan izen, teresken, quyrovuq, kamforosma, çöğon, erkak öt, oq (qora) saksovul ekilişini taşkil qiliş.









