Özbekistonda karantin qaçon bekor qilinişi maʼlum böldi

Özbekistonda karantin qaçon bekor qilinişi maʼlum böldi

Özbekistonda 3 avgust kungi holatga köra koronavirus bilan kasallanganlar soni 26 301 nafarga yetgan. Şu bilan birga, uşbu infektsiyaga çalingan bemorlar soni ketma-ket ikkinçi kun kamaygan

Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Habibullo Oqilov AOKA zalida bölib ötgan matbuot anjumanida 15 avgustdan keyin karantin çoralari yumşatiladimi, degan savolga javob berdi.

Eslatib ötamiz, iyul oyining oxirida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Özbekistonda joriy etilgan karantin çeklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilgan edi.

Oqilovning qayd etişiça, oldinda hali salkam ikki hafta vaqt bor. Agar şu vaqt davomida pasayiş dinamikasi qayd etilsa, karantinni yumşatsa böladi.

"Xuddi şu dinamika qayd etilsa, yaʼni ötgan kunlarda kasallik qayd etilişi 700 dan oşgan bölsa va bugun 513 taga tuşgan bölsak, keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, şu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15 avgustdan keyin karantinni yumşatsa böladi. Va biz uşbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga çiqişimiz mumkin", - deb aytgan Oqilov.

Özbekistonda 3 avgust kungi holatga köra koronavirus bilan kasallanganlar soni 26 301 nafarga yetgan. Şu bilan birga, uşbu infektsiyaga çalingan bemorlar soni ketma-ket ikkinçi kun kamaygan.

Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi taqdim etgan sönggi maʼlumotlarga köra, ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari oğir, 224 nafari esa öta oğir ahvolda. Koronavirus infektsiyasi qurbonlari soni 159 nafarni taşkil etmoqda.

×