“Oltin töp”ga nomzodlar qaçon eʼlon qilinişi aniq böldi

“Oltin töp”ga nomzodlar qaçon eʼlon qilinişi aniq böldi

Frantsiyaning “France Football” jurnali tomonidan 2025-2026 yilgi mavsumning dunyodagi eng yaxşi futbolçisiga beriladigan “Oltin töp” mukofotiga nomzodlar joriy yilning 8 sentyabr kuni eʼlon qilinadi. Bu haqda mukofot taşkilotçilari xabar berdi.


Taqdirlaş marosimi esa joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bölib ötadi. Ötgan yili uşbu mukofot “Parij Sen-Jermen” jamoasi va Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Usmon Dembelega nasib etgan edi. “Oltin töp”ni eng köp marta qölga kiritgan futbolçi esa argentinalik Lionel Messi hisoblanadi – 8 marta.

Maʼlumot uçun, “Oltin töp” mukofotini “France Football” jurnali sobiq boş muharriri Gabriel Ano taʼsis etgan. Mukofot ilk bor 1956 yilda “Blekpul” hujumçisi Stenli Mettyuzga topşirilgan. Öşa vaqtda ğolibni futbol jurnalistlari aniqlagan.

Dastlab mukofotga faqat yevropalik futbolçilar nomzod bölişi mumkin edi. 1995 yildan boşlab esa Yevropa klublarida töp tepayotgan har qanday millat vakili nomzod böliş huquqiga ega böldi. 2007 yildan eʼtiboran esa dunyoning istalgan mamlakati futbolçisi “Oltin töp” uçun daʼvogar bölişi mumkin.


Teglar:
×